Videoreportaj:Jizzaxlik 227 nafar iqtidorli sportchi “Prezident olimpiadasi” musobaqasiga tantanali ravishda kuzatildi
2025-11-24 21:20:00 / Yangiliklar
Mazkur musobaqa davlat rahbari tashabbusi bilan ilk bor yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlar orasida iqtidorlarni aniqlash va yangi chempionlarni tarbiyalashni maqsad qiladi.

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari”ning mintaqaviy bosqichlarida 10 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar ishtirok etgan bo‘lsa, ulardan eng sara 227 nafari viloyat sharafini himoya qilish uchun saralandi.
Sportchilarga 43 nafar murabbiy, 16 nafar hakam va tibbiyot xodimlari hamrohlik qilmoqda. Jami 288 kishilik Jizzax delegatsiyasi musobaqaga puxta tayyorgarlik bilan yo‘l oldi.
Tantanali kuzatish marosimida viloyat hokimi v.b. Ulug‘bek Mustafoyev sportchilarga omad va zafarlar tiladi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
