Videoreportaj: Sharof Rashidov tumani yoshlar siyosati sohasida namunali hududga aylantiriladi
2025-11-21 09:30:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil oktabr oyida Sharof Rashidov tumanida o‘rganish ishlari olib borilgan edi.

O‘rganishlar yakunlari yuzasidan tumanda yoshlar siyosati samaradorligini oshirish va uni namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Jizzax politexnika institutida seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman hokimlarining yoshlar hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.




