Jizzax viloyatida xalqaro investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-11-18 10:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston – Ozarbayjon davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “NABUCCO A & C” hamda “ASTRON” qurilish kompaniyalari rahbari Kamaleddin Mansimov, shuningdek, “Basalt Uzbekistan” korxonasi rahbari Alisher Kuchkinov joriy yilning 17 noyabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida viloyatdagi yirik investitsiya loyihalarini o‘rganish, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida B2B va B2G formatlarida uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari v.v.b., Viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i U. Muysinaliyev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Umurzakov, Palata boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari G‘.Usmonov hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Tashrif doirasida qator yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.






