Fargʻona viloyat IIB rahbariyati boshchiligida jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi
2026-02-02 10:00:00 / Yangiliklar

Aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali ular muammolarini har tomonlama chuqur oʻrganish va qonuniy hal etish maqsadida muntazam uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻtkazilgan ana shunday qabul davomida 21 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qatnashib, ulardan turli masalalarda murojaatlar qabul qilindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 9 tasi ijobiy hal etildi, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 8 ta murojaat boʻyicha kompleks oʻrganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini taʼminlash boʻyicha soha vakillariga alohida vazifalar belgilab berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati





