Tuman hokimligi xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
2026-03-31 14:10:00 / Yangiliklar

Gurlan tuman hokimligi apparati xodimlari sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda erta aniqlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasida navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida xodimlar malakali shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning umumiy salomatlik holati chuqur tahlil qilindi. Zarur hollarda qo‘shimcha tekshiruvlar tavsiya etilib, sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi.
Mazkur tadbir xodimlar salomatligini muhofaza qilish, ularning ish faoliyatida samaradorlikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati






