KOICA va Davlat ekologik ekspertizasi markazi atrof-muhitga ta’sirni baholash tizimini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda
2025-10-31 15:30:00 / Yangiliklar

Muzokaralar davomida O‘zbekistonning Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB) va Strategik ekologik baholash (SEB) tizimlarini tubdan takomillashtirish, ushbu yo‘nalishda uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, ayniqsa, O‘zbekistonda AMTB va SEB sohasini tartibga soluvchi yangi qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashda xalqaro tajribani joriy etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida KOICA va Davlat ekologik ekspertizasi markazi O‘zbekistonning milliy AMTB salohiyatini oshirish, Koreyaning ilg‘or tajribasi asosida ekologik baholash tizimini joriy etish va moslashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Mazkur tashabbus institutsional asoslarni mustahkamlash, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda ikki davlat o‘rtasida chuqurroq hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.
