Jamoatchilik ishtiroki: shlakoblok va penoblok ishlab chiqarishni atrof-muhitga ta’siri loyihasi
2024-03-11 13:25:00 / Jamoatchilik eshituvlari

Uchrashuvda “Davlat ekologik ekspertizasi markazi”ning Jizzax viloyati filiali direktori, Jizzax viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish ва iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektori hamda mahalla raisi, shuningdek, yaqin hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirok etishdi.
Jamoatchilik eshituvini o‘tkazishdan maqsad loyihaning atrof-muhitga taʼsiri bo‘yicha qarorlarni qabul qilish jarayonining shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, atrof-muhit xavfsizligi va barqaror rivojlanish bo‘yicha fikr almashishda jamoatchilikni jalb qilish, tabiatni muhofaza qilish va atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishni taʼminlash.
Korxona xodimi yig‘ilish ishtirokchilariga hududda qanday faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari ва ushbu faoliyat amalga oshirilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishini taʼkidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan masʼullarga murojaat qilishdi ва barcha savollar bo‘yicha atroflicha maʼlumotga ega bo‘ldilar.
Korxona mutasaddi xodimlariga tabiatni asrash, atrof-muhitga ko‘rsatiladigan taʼsirlarni kamaytirish, yashil hududlar barpo etish hamda davlat ekologik ekspertizasi xulosasida beriladigan barcha talablarga rioya qilish yuzasidan ko‘rsatma ва tushunchalar berib o‘tildi.
