Prezident nutqida belgilangan ustuvor vazifalar – taraqqiyotning muhim mezoni
2026-09-22 17:30:00 / Yangiliklar

Seminarda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalar, Davlat ekologik ekspertizasi markazi rahbar va xodimlari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutasaddilari ishtirok etdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlandi. Dastlab davlatimiz rahbarining nutqida ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslar, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Seminar davomida Prezidentimiz taʼkidlaganidek, "Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz". Shuningdek, 35 yillik mustaqil taraqqiyot tajribasi xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marra yo‘qligini ko‘rsatgani qayd etildi.
Tadbirda nutqda belgilangan yetti yo‘nalishdagi milliy dasturlar mazmun-mohiyatiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, inson qadrini yuksaltirish, iqtisodiyotni yuqori texnologiyalar va mehnat unumdorligi asosida rivojlantirish, sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini taʼminlash, mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy bo‘g‘iniga aylantirish, tinchlik va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlash kabi vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Ayniqsa, soha faoliyatiga bevosita daxldor bo‘lgan ekologik masalalarga alohida urg‘u berildi. Suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirish, suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda "Yashil makon" umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqish vazifalarini belgilab berdi.
Seminar yakunida Prezident nutqida ilgari surilgan maqsad va vazifalar har bir sohada faoliyat yuritayotgan xodimlardan yuksak masʼuliyat, tashabbuskorlik va Vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini talab qilishi taʼkidlandi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga munosib hissa qo‘shish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni taʼminlash yo‘lida samarali mehnat qilish muhim vazifa ekani qayd etildi.
Tadbir yakunida "O‘zbek kelayotir, tarix qaʼridan" deb nomlangan videorolik namoyish etildi.



