Xovosda yangi infratuzilma loyihasi jamoatchilik muhokamasida
2026-09-22 00:50:00 / Jamoatchilik eshituvlari
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “Yashil ferma” MChJga qarashli tovuq so‘yish va go‘shtni qayta ishlash zavodini elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan yangi loyiha jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.

Xovos tumani hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan jamoatchilik eshituvida podstansiya va elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishchi loyihasi hamda uning atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi bayonot loyihasi muhokama qilindi.
Eshituv davomida loyihaning atrof-muhitga ehtimoliy ta’siri, ekologik talablar, aholi uchun yaratiladigan qulayliklar hamda jamoatchilik nazoratini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan loyiha qo‘llab-quvvatlandi.
Ekologik xavfsizlik — loyihaning muhim mezoni.


