Navoiyda yangi loyiha: ekologik jihatlar muhokama qilindi
2026-09-22 00:20:00 / Jamoatchilik eshituvlari
Navoiy shahri Tinchlik MFY hududida «INSTROYTORG NG» MChJ tomonidan qog‘oz qop ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Unda loyihaning atrof-muhitga ehtimoliy ta’siri muhokama qilinib, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda salbiy ta’sirlarni kamaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Davlat ekologik ekspertizasi markazi Navoiy viloyati filiali ekspertlari tomonidan ishlab chiqarish jarayoni va qo‘llaniladigan texnologiyalar o‘rganildi.
Jamoatchilik eshituvida ekspertlar, loyiha tashkiloti vakillari hamda yaqin hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etdi.
Yakunda korxona mas’ullariga ekologik talablarga qat’iy rioya qilish, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan shartlarni to‘liq bajarish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


