Qonunchilikdagi yangiliklar – huquqiy bilim va mas’uliyat asosi
2026-09-18 17:00:00 / Yangiliklar

Unda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, shuningdek, mazkur qonunlarda belgilangan asosiy qoidalar haqida xodimlarga batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirish, yangi qabul qilingan qonunlarning ahamiyatini tushuntirish, ularda qonunlarga hurmat va qonunchilik talablariga rioya qilish madaniyatini yanada mustahkamlashdan iborat.
Tadbir davomida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xodimlarga mazkur hujjatda belgilangan vazifalar, Prezident Administratsiyasining davlat boshqaruvidagi o‘rni, uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligiga oid muhim jihatlar tushuntirildi.
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda huquqiy asoslarning ahamiyati haqida fikr yuritildi.
Tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qonunda belgilangan normalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbir xodimlarning huquqiy va ekologik sohadagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbirda xodimlarga boshqa qonunchilik talablariga ham qat’iy rioya qilish, xizmat vazifalarini bajarishda huquqiy bilim va mas’uliyatni namoyon etishga e’toborni kuchaytitirish muhim ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi.






