Millat fidoyilari xotirasi yod etildi
2026-08-28 18:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining g‘oyasi asosida tashkil etilgan mazkur majmua mustaqillik yillarida Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining nomlarini abadiylashtirish, ularning jasoratini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, mardlik va jasorat ko‘rsatgan xodimlarning vatanparvarligi va sadoqatini ochib beruvchi maskan hisoblanadi.
Majmua yuqoridan qaraganda davlat bayrog‘idagi yarim oy va o‘n ikki yulduz shaklida namoyon bo‘ladi. Qariyb ikki metrli yulduzlarning qirralari bitiktosh vazifasini ham o‘taydi. Ularning yon taraflariga 196 nafar qahramonlar nomi zarhal harflar bilan yozilgan.
Dastlab bog‘dagi Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan hamda yurt farovonligi yo‘lida jonlarini fido etgan ajdodlarimiz xotirasi aks ettirilgan kompozitsiyalar bilan tanishildi.
Markaz jamoasi vakillari xiyobondagi yodgorliklar va tarixiy maskanlar bilan tanishib, xalqimizning mardligi, jasorati va Vatanga bo‘lgan sadoqati aks etgan ushbu maskanning tarbiyaviy ahamiyatini yana bir bor his etdi.
Tashrif davomida “Millat fidoyilari” poyiga gulchambar qo‘yildi.



