Istiqlol – yuksak qadriyat va buyuk neʼmat
2026-08-27 17:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi, o‘tgan 35 yil davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni asrash, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har bir fuqaroning muhim burchi ekani taʼkidlandi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, milliy o‘zligimizni anglash, ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida davlatimiz ekologik xavfsizligini ta‘minlash, ekologik ekspertiza tizimini rivojlantirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, markaz xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat-shashka musobaqasi g‘oliblari ham munosib rag‘batlantirildi.









