Ekologik baholashda yangi mexanizmlar amaliyotga joriy etilmoqda
2026-08-26 10:00:00 / Yangiliklar
Atrof-muhitga ta’sirni baholashda zamonaviy mexanizmlarni amaliyotga samarali tatbiq etish maqsadida Toshkent shahar ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Davlat ekologik ekspertizasi markazi Toshkent shahar filiali hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Hamkorlik doirasida davlat ekologik ekspertizasini takomillashtirish, hujjatlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish, ma’lumot almashinuvi va amaliy masalalarni muhokama qilishga e’tibor qaratildi.
Yangi mexanizmlarni joriy etish orqali ekologik baholash jarayonlarida shaffoflik, tezkorlik va samaradorlikni ta’minlash, ekologik xavflarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish ko‘zda tutilmoqda.
Asosiy maqsad — har bir loyiha va faoliyatda ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda kelajak avlod uchun sog‘lom atrof-muhitni asrash.


