Atrof-muhitga taʼsirni baholashning yangi mexanizmlari bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
2026-08-25 17:45:00 / Yangiliklar

To‘rt kunlik o‘quv-seminar davomida davlat ekologik ekspertizasining huquqiy asoslari, maqsad va vazifalari, atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etish tartibi hamda ekspertiza obyektlariga qo‘yiladigan talablar batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar atrof-muhitga taʼsirni baholash bosqichlari, baholash materiallarini ishlab chiqish, jamoatchilik ishtiroki va ekologik monitoring masalalari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda. Seminar doirasida jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish, ularning natijalarini rasmiylashtirish va eʼlon qilish tartiblariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
O‘quv mashg‘ulotlarida ekologik normativlarni ishlab chiqish, ekologik tasniflash, davlat ekologik ekspertizasi jarayonida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, ekologik ekspertizaning huquqiy maqomi va javobgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilarning atrof-muhitga taʼsirni baholashning zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga samarali tatbiq etish, ekologik xavflarni oldindan aniqlash va ularni kamaytirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Mazkur seminar-trening ekologik ekspertiza tizimida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, mutaxassislarning professional salohiyatini oshirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish samaradorligini taʼminlashga xizmat qiladi.




