“SAYXUN BROYLER” MCHJ faoliyati bo‘yicha murojaat o‘rganildi
2026-08-11 15:30:00 / Yangiliklar

Mazkur masalani o‘rganish maqsadida Davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktori G‘ayrat Muxamedov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatidagi “SAYXUN BROYLER” MCHJ faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida korxonadagi asosiy chiqindi manbalari, jumladan, parrandalar saqlanadigan binolar ko‘rib chiqildi. Parrandachilik faoliyatidan hosil bo‘ladigan go‘ng obyekt hududidan fermer xo‘jalik yerlariga olib ketilgani hamda hududda saqlanmasligi aniqlandi.
Taqdim etilgan materiallarga ko‘ra, atmosfera havosiga ammiak, vodorod sulfid, azot dioksidi, metan, oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi va merkaptanlar chiqariladi.
Shuningdek, obyektni sanitar muhofaza hududiga esayotgan shamol yo‘nalishiga qarab atmosfera havosini o'lchash uchun (fon) avtomatik stansiya o‘rnatilishi belgilandi va tadbirkorga tushuntirish berildi.








