Obodlik – koʻngildan boshlanadi
2026-08-03 18:20:00 / Yangiliklar

Hashar davomida xodimlar tomonidan boshqarma hovlisi va atrofidagi boʻsh yerlar turli maishiy hamda barg-xazon chiqindilaridan tozalab chiqildi. Maxsus ajratilgan joylarga chiqindilar saralanib, olib chiqilishi ta'minlandi.
Mavjud manzarali va mevali daraxtlarga shakl berildi, ularning tagi yumshatilib, shakllantiruvchi va oziqlantiruvchi ishlov berildi. Boshqarma hovlisidagi maysazor va gulzorlar tartibga keltirilib, yozgi issiq kunlarda oʻsimliklarning yaxshi rivojlanishi uchun sugʻorish tizimlari koʻzdan kechirildi.
Yakunda tartibga keltirilgan va shinam koʻrinishga ega boʻlgan boshqarma hovlisi jamoaning ahilligi va vatanparvarlik ruhini namoyon etdi. Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan oʻtkazilgan ushbu umumxalq hashari xodimlarga koʻtarinki kayfiyat ulashib, yurtimiz obodligi va ravnaqi yolidagi xayrli ishlarning amaliy ifodasi boʻldi.



