Obodlik va ahillik tadbiri
2026-08-01 20:00:00 / Yangiliklar

Hashar davomida markazning ma’muriy binosi atrofi, yon-atrofdagi maydonlar tartibga keltirilib, tozalandi. Xodimlar tomonidan manzarali va mevali daraxtlarga shakl berilib, ularning tanalari oqlandi, gulzorlarni sug‘orish tizimlari nazoratdan o‘tkazildi.
Mazkur xayriya hashari shunchaki tozalik tadbiri bo‘lib qolmay, mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasiga qo‘shilgan munosib hissa bo‘ldi. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida faoliyat yuritayotgan muassasa xodimlari atrof-muhitni asrash va yashil maydonlarni kengaytirishda barchaga ibrat bo‘lish lozimligini yana bir bor amalda isbotladi.
Asosiysi hashar natijasida markaz hududi yanada ozoda va obod qiyofaga kirdi. Mehnat va ahillik muhitida o‘tgan ushbu hashar istiqlolimizning 35 yillik bayramiga munosib ekologik sovg‘a bo‘ldi.







