Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazildi
2026-07-29 17:00:00 / Yangiliklar
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Davlat ekologik ekspertizasi markazida xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. Unda markaz xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlarining intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda strategik yondashuvini namoyon etdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar g‘alaba uchun munosib kurash olib bordi. Musobaqalar nafaqat ishtirokchilarning bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi, balki jamoada o‘zaro hamjihatlik, do‘stona munosabat va sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mustaqillik bayrami arafasida tashkil etilgan mazkur musobaqalar xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi.








