Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, janob Prezident!
2026-07-24 12:10:00 / Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining navbatdagi bosqichida Sizning oqilona va uzoqni ko‘zlagan rahbarligingiz ostida inson qadri, tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu ezgu islohotlar mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti, ekologik farovonligi va kelajak avlodlar manfaatlari uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.
Sizning tashabbuslaringiz bilan ekologiya sohasidagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Yashil hududlarni kengaytirish, bioxilma-xillikni asrash, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak e’tirof etilmoqda.
Ekologiya sohasida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislar Sizning yuksak ishonchingiz va doimiy e’tiboringizdan ruhlanib, yurtimizning ekologik barqarorligini ta’minlash, tabiiy boyliklarini asrash hamda aholi uchun sog‘lom va qulay atrof-muhit yaratish yo‘lida bor bilim va salohiyatini safarbar etishda davom etadi.
Muhtaram Prezidentimiz!
Sizning davlatimiz va xalqimiz ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz, mustahkam siyosiy irodangiz va uzoqni ko‘zlagan strategiyangiz Yangi O‘zbekistonning yanada yuksak marralarni zabt etishiga xizmat qilishiga ishonamiz.
Sizga mustahkam sog‘liq, cheksiz kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli faoliyatingizda katta zafarlar tilaymiz. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi barcha ezgu tashabbuslaringiz yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shaversin.
