KUN SAVOLI
2026-07-22 18:30:00 / Yangiliklar

❓ Savol: Qaysi loyihalar davlat ekologik ekspertizasidan o‘tishi shart?
✔️ Javob: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qator loyihalar davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Jumladan, qurilish va rekonstruksiya loyihalari, sanoat korxonalari, energetika obyektlari, konchilik ishlari, avtomobil yo‘llari va boshqa infratuzilma obyektlari, shuningdek chiqindilarni qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish inshootlari davlat ekologik ekspertizasidan o‘tishi shart.
Davlat ekologik ekspertizasi loyihaning ekologik talablarga muvofiqligini baholaydi, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning oldini olishga xizmat qiladi hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhim: Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz qonunchilikda belgilangan loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilmaydi.
