Rasmiy munosabat
2026-07-21 14:00:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona tumani hududida ohak ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan “Farxod Sher Azizbek” oilaviy korxonasi faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha jamoatchilik murojaati vakolatli davlat organlari tomonidan e’tiborsiz qoldirilayotgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Ekologiya nazorati (Ekopolitsiya) hamda mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Farg‘ona tumani, "Chekshura" MFY hududida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexi ayni vaqtda faoliyat yuritmayotgani aniqlandi.
Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati
