KUN SAVOLI
2026-07-20 17:00:00 / Yangiliklar

Savol: Qaysi faoliyat turlari Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi?
Javob: Davlat ekologik ekspertizasi quyidagi obyektlarga nisbatan amalga oshiriladi:
• barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va (yoki) ajratish materiallari;
• loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
• tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik hamda uslubiy hujjatlar (texnik reglamentlar, standartlar, texnik shartlar, qoidalar va yo‘riqnomalar loyihalari);
• chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishga mo‘ljallangan yangi texnologiyalar, texnika vositalari, materiallar, buyumlar, biologik va kimyoviy moddalarni yaratish bo‘yicha hujjatlar;
• atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi faoliyat yuritayotgan korxonalar hamda boshqa obyektlar;
• maxsus huquqiy rejimga ega obyektlar.
