Men – Yangi O‘zbekiston bunyodkoriman
2026-07-10 10:00:00 / Yangiliklar

“Mustaqillik soati”da “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” gʻoyasi ostida “Men – Yangi O‘zbekiston bunyodkoriman”, “Milliy qadriyatlar va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unligi” kabi mavzularning mazmun-mohiyatini chuqur ochib berishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida mustaqillikni qo‘lga kiritishdan boshlab Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning ahamiyati hamda erishilayotgan natijalarga batafsil to‘xtaldi.
Tadbirda davlatimiz tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bugungi kun yoshlari shunchaki kuzatuvchi emas, balki Yangi O‘zbekiston poydevorini qo‘yayotgan asosiy kuch ekanligi, uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda ularning bilimi va shijoati hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
Muloqotda Markazning Ekologik ekspertiza qonunchiligini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Bosh direktor maslahatchisi I.Xushvaqtov har qanday yuksak taraqqiyot ortida kuchli ma’naviy poydevor turishi lozimligini alohida ta’kidladi. Bugungi Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamlashtirish va innovatsiyalar jarayoni xalqimizning azaliy urf-odatlari, oila muqaddasligi hamda yuksak odob-axloq mezonlari bilan hamohang tarzda olib borilayotgani hayotiy misollar orqali ko‘rsatib berildi. Yoshlarga zamonaviy texnologiyalarni mukammal egallash bilan birga, milliy g‘ururni ham yuksak tutish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligidan kelib chiqib, tadbir ishtirokchilari bilan fikr-mulohazalar almashildi.
Tadbirda xodimlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish bilan bir qatorda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish, jamoa a’zolarining bilim va dunyoqarashini boyitish, Vatanga sadoqat va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, jamiyat hayotida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga alohida urg‘u berildi.


