Markaz delegatsiyasi Turkiyaning infratuzilma, transport va energetika tarmoqlarida AMTBni qo‘llash tajribasini o‘rgandi
2026-06-24 12:00:00 / Yangiliklar

Kunning birinchi yarmida delegatsiya Turkiyaning Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat gidrotexnika ishlari bosh boshqarmasiga tashrif buyurib, yirik suv xo‘jaligi va gidrotexnika obyektlari uchun AMTBni amalga oshirish amaliyoti bilan tanishdi.
Kunning ikkinchi qismida Transport va infratuzilma vazirligi huzuridagi Infratuzilma investitsiyalari bosh boshqarmasi hamda Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida ishchi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar transport, infratuzilma va yo‘l loyihalarini amalga oshirishda atrof-muhitga ta’sirni baholash tartib-taomillari, metodologiyasi hamda amaliy yondashuvlar bilan tanishdilar.
Tadbirlarda O‘zbekiston delegatsiyasi bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston delegatsiyalari, shuningdek YXHT, BMT YIK va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etmoqda.
Turkiyaning infratuzilma va energetika loyihalarida AMTBni qo‘llash tajribasini o‘rganish milliy ekologik ekspertiza tizimini yanada takomillashtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.


