Toza ekologiya va sog‘lom hayot
2026-06-18 15:30:00 / Yangiliklar

#STOPNARKO
Davlat ekologik ekspertizasi markazida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, soha xodimlari o‘rtasida giyohvandlik hamda zararli odatlarning oldini olishga qaratilgan “Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!” mavzusida chellenj bo‘lib o‘tdi.
Davlat ekologik ekspertizasi markazi nafaqat tabiat va atrof-muhit musaffoligi, balki inson salomatligi va jamiyatning sog‘lom genofondini asrash ham ustuvor vazifa ekanligini anglagan holda ushbu tashabbusga qo‘shildi. Tadbirda markaz rahbariyati, soha ekspertlari va yosh ekologlar ishtirok etdi.
– Bizning asosiy vazifamiz, ekologik tozalikni ta’minlash. Biroq, jamiyat va inson hayoti illatlardan toza bo‘lmas ekan, asl ekologik muhitga erishib bo‘lmaydi, – deydi Bosh direktor maslahatchisi Islom Xushvaqtov. – Giyohvandlik, nafaqat inson sog‘lig‘ini, balki uning kelajagi va atrofidagi olamni vayron qiluvchi zahardir. Bugungi tadbir orqali biz jamoamizda, ayniqsa, yoshlarimizda bu illatga nisbatan qat’iy nafrat va murosasizlik tuyg‘usini yanada mustahkamladik.
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni mazkur illatga qarshi kurashishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.





