“Eco Expo Central Asia 2026” forumi doirasida qancha shartnoma tuzildi?
2026-06-11 15:00:00 / Yangiliklar

Ular orasida sanoat korxonalari, energetika obyektlari, kon-metallurgiya majmualari, ekologiya boshqarmalari, o‘rmon xo‘jaliklari, davlat qo‘riqxonalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar mavjud. Ko‘rgazma doirasida eng ko‘p hamkorlik aloqalari ekologik filtrlash uskunalari va sanoat gazlarini tozalash texnologiyalarini taklif etuvchi “UZFILTR” MCHJ (EVROPROMLIDER) bilan yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, “TOPLOS”, “KazEnergoMashEkologiya” MCHJlar hamda Xitoyning “Zhejiang Ruiyan Thermal Energy Equipment Co., Ltd.” kompaniyasi bilan ham qator investitsiyaviy va texnologik hamkorlik bitimlari imzolandi.
Ma’lumot uchun, hamkor korxonalar kesimida eng ko‘p kelishuvlar “UZFILTR” MCHJ (EVROPROMLIDER) hissasiga (28 ta), “TOPLOS” MCHJ (24 ta), “KazEnergoMashEkologiya” MCHJ (10 ta) “Zhejiang Ruiyan Thermal Energy Equipment Co., Ltd.” kompaniyasi (5 ta) hamda “BIO CONTROL PRODUCKT GUIDE” MCHJ bilan (1 ta) to‘g‘ri keldi.
Hududlar kesimida eng ko‘p shartnomalar Samarqand viloyatida (14 ta), Jizzax viloyatida (8 ta), Qashqadaryo viloyatida (7 ta) hamda Navoiy va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (har birida 6 tadan) tuzilishiga erishildi va bu hududlarda ekologik va sanoat loyihalariga bo‘lgan talab yuqoriligini ko‘rsatadi.
Ko‘rgazma doirsida Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi va Davlat ekologik ekspertizasi markazi o‘rtasida “Eng yaxshi qulay texnologiyalar Markaziy Osiyo byurosining raqamli platformasini yaratish va rivojlantirish sohasida” o‘zaro anglashuv va hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuvlar ekologik xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga keng tatbiq etishga xizmat qiladi.









