Ekologik baholashning xalqaro standartlari bo‘yicha seminar-treninglar boshlandi
2026-06-09 21:00:00 / Yangiliklar

Shunga asosan, bugun Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning hududiy filiallari ekolog-ekspertlari uchun seminar-trening dastlabki o‘quv kursi boshlandi.
Tadbir davomida Jahon banki guruhi tomonidan seminar-trening texnik shartlari bo‘yicha AMTB va SEBning xalqaro standarlar va ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari, milliy va xalqaro amaliyot o‘rtasida tafovutlar hamda bu borada tegishli takliflar muhokama qilindi.
Bugungi global isish fonidagi sanoat inqilobi mamlakatimizda ekologik ekspertiza o‘tkazishning huquqiy asoslari xalqaro talablarga mutloq javob bermasligi sababli 2025-yilda amaldagi “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur qonun ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhitga ta’sirni baholashning yangi mexanizmlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori qabul qilindi.
Jahon banki tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur seminar-treninglar sohada yetuk ekolog-mutaxassislarni tayyorlash bilan bir qatorda yuqorida nomlari zikr etilgan ekologik ekspertiza qonunchiligini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Seminar-treninglar joriy yilning 9-11-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.







