O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida memorandum imzolandi
2026-06-06 21:00:00 / Yangiliklar

Mazkur hujjat mamlakatimiz ekologik ekspertiza va atrof-muhitga ta’sirni baholash tizimiga zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt yechimlarini izchil joriy etish yo‘lidagi muhim qadamdir. Marosimda Davlat ekologik ekspertizasimarkazi Bosh direktori G‘.Muxamedov va Xalqaro ekologik ta’sirni baholash assotsiatsiyasi Italiya ofisi prezidenti J.Magro, Italiya Ekologiya va energetika vazirligi, YXHT vakillari ishtirok etdi.
Memorandum IAIA tomonidan ilgari surilayotgan, sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan xalqaro“Permitting 5.0” konsepsiyasi va Ekologik boshqaruv platformasi (Environmental Governance Platform – EGP) doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu tizimatrof-muhitga ta’sirni baholash jarayonlarining shaffofligi, sifati va samaradorligini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarishni maqsad qilgan.
Memorandum doirasida hamkorlikning quyidagiustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi:
- Markazning mavjud raqamli tizimiga sun’iy intellektvositalarini integratsiya qilish orqali ekologik materiallarni tahlil qilish, loyihalarni dastlabki baholash va kumulyativ ta’sirlarni prognozlashni avtomatlashtirish;
- Ekologik ekspertiza sohasida eng yangi texnologik yechimlarni sinovdan o‘tkazish uchun maxsus pilot tashabbuslarini yo‘lga qo‘yish;
- Sun’iy intellektni ekologik baholash jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha xalqaro tajriba asosida milliy metodologiya va qo‘llanmalar yaratish;
- Davlat ekologik ekspertizasi markazi mutaxassislari uchun raqamli texnologiyalar va IT yo‘nalishida xalqaro trening, vebinar va xorijiy malaka oshirishlar tashkil etish.
Memorandum 5-yil muddatga imzolangan bo‘lib, tomonlarning sohadagi uzoq muddatli strategik maqsadlari mushtarakligini anglatadi. Ushbu tashabbusO‘zbekistonda “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida investitsiyaviy muhit jozibadorligi va xalqaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.












