Eng ko‘p kitob o‘qigan xodim aniqlandi
2026-05-26 16:30:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda kitob o‘qish madaniyatini keng targ‘ib qilish, yangi nashrlar va tarjimalarni yo‘lga qo‘yish hamda aholini kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, kutubxonalar va ta’lim dargohlarini kasbiy va sohaviy adabiyotlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada Prezidentimizning “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 15-yanvardagi qarori aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kitob mutolaasiga qiziqishni oshirishda yuksak samaralar bermoqda.
Tanlovda xodimlardan o‘qigan asari mazmun-mohiyati va qahramonlarini sharhlab berish talab etildi. Bu jarayonda hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar ham berildi.
Tanlovda g‘olib aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi.
Xulosa qilib aytganda, bunday tanlovlar xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli hamda foydali o‘tkazishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.






