Rasmiy munosabat!
2026-05-16 13:00:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan tog‘-chang‘i kurorti va unga tegishli infratuzilma obyektlarini qurish loyihasi bo‘yicha quyidagilar bildiriladi.
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Oltin bel” hududida tog‘-chang‘i kurorti hamda unga tutash infratuzilma obyektlari qurilishi loyihasi yuzasidan atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallari davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun shu kunga qadar arizalar kelib tushmagan.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ushbu kurort majmuasi qurilishi boshlanishidan avval loyiha hujjatlari majburiy tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi va tegishli xulosa olinishi shart.
Asos: “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari.
