Belarus AESning ishlash tizimi o'rganildi
2026-05-15 20:00:00 / Yangiliklar
Avval xabar berilganidek, Davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktori o‘rinbosari V. Shi-syan boshchiligidagi delegatsiya ekologik ekspertiza sohasida tajriba almashish maqsadida Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari Belarus Tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi vakillari bilan birgalikda Belarus atom elektr stansiyasiga tashrif buyurdi.
Ishtirokchilar Belarus AESning faoliyat yuritish xususiyatlari, ekologik va sanoat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek ekologik nazorat va monitoring tizimi bilan tanishdi.
Mazkur tashrif ekologik ekspertiza va ekologik xavfsizlik yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



