Korrupsiyaga ko‘nikish – kelajakka xiyonatdir
2026-05-15 17:15:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda korrupsion holatlarni oldini olish, odob-axloq va ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.
Jizzax va Sirdaryo viloyatlari filiallari xodimlariga faoliyati davrida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarni bartaraf etish, ekologik ekspertiza xulosalarini xolisona hamda qonuniy talablarga muvofiq rasmiylashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Markaz rahbariyati tomonidan korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha doimiy nazorat kuchaytirilganligi, xodimlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari belgilanganligi, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iyan qarshi ekanligi, qonuniylik, ochiqlik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat tamoyillariga amal qilinayotgani qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida xodimlarga nisbatan doimiy nazoratni kuchaytirish va tushuntirish ishlarini tizimli olib borish vazifalari belgilab olindi.

