E’LON!
2026-05-15 11:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona shahrida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish hamda viloyat va shahar aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli mintaqaviy shifoxona qurilishi loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha yuzasidan atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi.
O‘tkazilish sanasi va vaqti: 2026-yil 3-iyun, soat 11:00.
Manzil: Farg‘ona shahri, Ilg‘or mahallasi hududida joylashgan 47-maktab binosining anjumanlar zali.
Jamoatchilik eshituvlarida ishtirok etish uchun quyidagilar taklif etiladi:
* mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari;
* Farg‘ona shahri va unga tutash hududlar aholisi;
* jamoat tashkilotlari vakillari;
* mutaxassislar, ekspertlar hamda barcha manfaatdor shaxslar.
Eshituv davomida loyihaning asosiy yechimlari taqdim etiladi, atrof-muhitga ta’sirni baholash masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘z savollarini berish, taklif va mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tashkiliy masalalar bo‘yicha:
Yevgeniy Biryukov — (+998 90) 009-17-13
OAV bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligidan:
Shoxjaxon Karimov — (+998 91) 111-55-50
