Kiberxavfsizlik: xavfsizlik qoidalarini bilishingiz kerak
2026-05-13 18:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda “Ipotekabank” Toshkent shahar filiali masʼul xodimi internet makonida kiberjinoyatlardan himoyalanish, fuqarolarni aldov va firibgarliklardan asrash, shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish kabi masalalar haqida xodimlarga batafsil tushuncha berdi.
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab kiber tahdidlar soni tez surʼatlar bilan o‘sib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarida har kuni kiber tahdidlar qurboniga aylangan fuqarolar haqida xabarlar berilmoqda. Misol uchun virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag‘larni o‘zlashtirish, shuningdek, internet orqali turli noto‘g‘ri xabarlarni tarqatish kabilarni keltirish mumkin.
Tadbirda mutaxassislar ayrim hollarda tijorat banklari nomidan soxta qo‘ng‘iroqlar va yolg‘on xabarlar orqali fuqarolarning ishonchiga kirish, onlayn kreditlarni rasmiylashtirish kabi firibgarliklar uchrayotgani, shu sababli xodimlar hushyorligini oshirish va mijozlar xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani haqida so‘z yuritdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar kiberhujumlarning oldini olish bo‘yicha maslahatlar hamda mavzuga oid savollariga javob oldi.







