Inson qadri ulug‘langan yurt!
2026-05-10 10:30:00 / Yangiliklar
9-may – Xotira va qadrlash kuni yurt ozodligi va xalq tinchligi uchun kurashgan vatandoshlarimizni xotirlash barobarida, fidoyi xizmatlari bilan yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan nuroniylar va faxrilarimizni ham qadrlash kuni hisoblanadi.

Davlat ekologik ekspertizasi markazi Surxondaryo viloyati filiali xodimlari sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan Shomirza Usmonov xonadonida bo'ldi va faxriy ekolog holidan xabar olindi.
Samimiy suhbat davomida mehnatga sadoqat, sabr va matonat bilan bosib o‘tilgan hayot yo‘li har birimiz uchun ibrat ekani taʼkidlandi. Faxriylarimizning hayotiy tajribasi barchamiz uchun bugun ham katta maʼnaviy kuch bo‘lib xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.


