Xotira – ma’naviyat ko‘zgusi
2026-05-08 21:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari va nuroniylar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Davlat ekologik ekspertizasi markazi hamda tizim tashkilotlari vakillari tomonidan “Millat fidoyilari” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bog‘da o‘rnatilgan “Xotira nuri” kompozitsiyasi bilan tanishdi.







