E’LON!“EcoExpo 2026” xalqaro ko‘rgazma uchun Markaz stendini tayyorlash bo‘yicha ochiq tanlov
2026-04-22 18:00:00 / Yangiliklar

Asosiy vazifalar:
• 3D dizayn va konsepsiya: Markaz faoliyati, nufuzi hamda ekologik yo‘nalishini aks ettiruvchi zamonaviy va innovatsion stend konsepsiyasini ishlab chiqish.
• Ekologik yondashuv (muhim): Stend qurilishida qayta ishlangan (recycled), ekologik toza, energiya tejamkor va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan materiallardan foydalanishga ustuvorlik berish.
• Qurilish va jihozlash: Tasdiqlangan dizayn asosida stendni sifatli materiallardan qurish, zarur mebel, LED ekranlar va yoritish tizimlari bilan ta’minlash hamda ko‘rgazma maydonida o‘rnatish.
• Demontaj: Ko‘rgazma yakunlangach, stendni xavfsiz tarzda demontaj qilish va olib chiqib ketish.
Texnik parametrlar:
• stend maydoni: 100 m²
• tadbir sanasi: 2026-yil 31-may – 6-iyun
• tadbir o‘tkaziladigan joy: Samarqand viloyati.
Ishtirokchi (pudratchi)larga qo‘yiladigan talablar:
• ko‘rgazma stendlarini loyihalash va qurish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
• buyurtmani belgilangan muddatda va yuqori sifatda bajarish kafolatini taqdim etish.
Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:
- tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
- amalga oshirilgan loyihalarni aks ettiruvchi portfolio (PDF shaklida yoki havola);
- barcha xarajatlar (qurilish, ijaraga berish, transport, demontaj va soliqlar) batafsil ko‘rsatilgan tijorat taklifi.
Muddatlar va bog‘lanish:
• tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yuridik shaxslar va agentliklar o‘z tijorat takliflari hamda loyihalarini 1-mayga qadar quyidagi manzilga yuborishlari so‘raladi.
Elektron pochta: shaxzoda.akramova@ecoekspertiza.uz
Telefon: (71) 203-00-22 (ichki raqam: 1014)
Mas’ul shaxs: Akramova Shaxzoda.
Eslatma: qo‘shimcha savollar hamda batafsil texnik topshiriqni (TZ) olish uchun yuqoridagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishingiz mumkin. Tashkilot eng maqbul taklifni tanlash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
