Ekologik madaniyatni shakllantirish
2026-04-21 14:30:00 / Yangiliklar
Yoshlar telekanali “Rostini ayting” dasturining navbatdagi soni atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish va bu borada kuchaytirilgan qonunchilik masalalariga bag‘ishlandi.

Dasturda mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida Davlat ekologik ekspertizasi Markazi bosh direktori maslahatchisi Islom Xushvaqtov batafsil fikr bildirdi.
