Sohibqiron tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
2026-04-09 19:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 9-aprel kuni buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi Amir Temur nomidagi xiyobonda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, Davlat ekologik ekspertizasi markazi hamda tizim tashkilotlari vakillari tomonidan sohibqiron haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, sohibqiron qoldirgan boy tarixiy meros bilan tanishdilar.








