Bizning najotimiz – ilm va yuksak ma’naviyatda
2026-03-27 16:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Bugungi shiddatli globallashuv sharoitida islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyati, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda islom diniga yot radikal qarashlarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish, kerak bo‘lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma’naviy immunitetni kuchaytirish muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyati, ilm-ma’rifatning najotkorlik kuchi va jaholatning ayanchli oqibatlari tarixiy va hayotiy misollar yordamida ochib berildi.
Tadbir yakunida yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan “Siyosiy ma’rifat soati” videoroligi namoyish etildi.








