Nafosat va ezgulik bayrami
2026-03-08 01:00:00 / Yangiliklar

Unda markaz tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning fidokorona mehnati, kasbiy mahorati hamda ekologik ekspertiza sohasini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida ta’kidlandi.
Bugungi kunda ekologik ekspertiza sohasi mamlakat taraqqiyoti uchun muhim va mas’uliyatli yo‘nalishlardan biri bo‘lib, unda faoliyat yuritish yuksak bilim, tajriba va katta mas’uliyat talab etadi. Ana shunday murakkab va mas’uliyatli sohada xotin-qizlar ham erkaklar bilan bir qatorda sidqidildan mehnat qilayotgani e’tirof etildi.
Tadbir davomida sohada samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlarning kasbiy salohiyati, tashabbuskorligi va fidoyiligi yuksak baholanib, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzi tobora ortib borayotgani alohida qayd etildi.
Shuningdek, ularning mehnatini qadrlash, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi yutuqlarga ilhomlantirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida markazning xotin-qiz xodimalariga bayram sovg‘alari topshirildi.







