Farg‘ona viloyatida ekologik ekspertiza xulosasisiz faoliyat yuritayotgan obyektlar bo‘yicha holat
2026-03-02 16:00:00 / Yangiliklar

2025 yil davomida ushbu subyektlarning 3 006 tasi tomonidan ekologik ekspertiza uchun loyiha hujjatlari taqdim etilgan hamda 3 295 ta ekologik ekspertiza xulosasi berilgan. Bu umumiy sonning 35,6 foizini tashkil etadi.
Hududiy o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, hozirgi kunda viloyatda 4 680 ta korxona va obyekt ekologik ekspertiza xulosasini rasmiylashtirmasdan faoliyat yuritayotgani aniqlangan. Mazkur holatlar Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari, shuningdek So‘x, Yozyovon, Oltiariq, Uchko‘prik, Beshariq tumanlarida kuzatilmoqda.
Shuningdek, viloyatda I–II toifaga mansub 162 ta yirik korxona va tashkilotda:
• obyektni ishga tushirish bosqichida olinishi lozim bo‘lgan ekologik ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilmagan;
• yoki avval olingan ekologik ekspertiza xulosasining amal qilish muddati tugagan holda faoliyat yuritish holatlari mavjud.
Davlat ekologik ekspertizasi talablari bajarilishini ta’minlash atrof-muhit muhofazasi hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumot uchun: ekologik ekspertiza xulosasisiz obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish amaldagi ekologik qonunchilikka zid hisoblanadi.



