Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir
2026-02-26 15:00:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramini keng nishonlash, “Ayollarni eʼzozlash” oyligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 15-fevraldan 5-martga qadar “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” shiori ostida Davlat ekologik ekspertizasi markazida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Unda ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning erishgan yutuqlari, ularning barqaror rivojlanish jarayonidagi o‘rni va hissasi, shuningdek, ekologik sohada amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni rahbarlik va ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilmiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbirda faol ishtirok etgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shu bilan birga, Markazda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “Ona mehr bulog‘i”, “Onam — qalbim quyoshi”, “Mehrli qo‘llar bag‘rida ulg‘ayyapman” mavzularida chellenj tashkil etildi.







