Olmaliqda ko‘p qavatli uylar qurish loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
2026-02-23 12:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda Davlat ekologik ekspertizasi markazi Toshkent viloyati filiali mas’ul xodimlari, qurilish korxonasi vakillari, mahalla raisi, faollar hamda tegishli tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etdi.
Eshituvda loyihaning atrof-muhitga ta’siri va hududning ekologik holati, shuningdek, rejalashtirilayotgan qurilish ishlarining aholi uchun ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Mutaxassislar ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yashil hududlarni asrash hamda aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni bayon etdi.
Shuningdek, ishtirokchilarning savollariga javob berildi, mahalliy aholi loyiha yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini bildirdi. Yakunda bayonnoma rasmiylashtirildi. Bildirilgan takliflar Atrof-muhitga ta’sirni baholash hujjatlarini takomillashtirish jarayonida inobatga olinadi.



