Ko‘mir omborida ekologik xavfsizlik holati o‘rganildi
2026-02-18 14:30:00 / Yangiliklar

Unda korxona faoliyatining amaldagi ekologik qonunchilik talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Xususan, ishlab chiqarish jarayonlarining ekologik xavfsizligi, chiqindilarni saqlash va belgilangan tartibda utilizatsiya qilish, atmosfera havosi, suv va tuproq ifloslanishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
Shuningdek, korxonaning ekologik me’yor va talablarga muvofiq faoliyat yuritayotgani hamda zarur ruxsatnomalar va ekologik xulosalarning mavjudligi tekshirildi.
Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga tushuntirishlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi. Yakunda ekologik nazoratni kuchaytirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.



