Sanoat korxonasida ekologik talablar bajarilishi o‘rganildi
2026-02-17 15:00:00 / Yangiliklar
Davlat ekologik ekspertizasi markazi Andijon viloyati filiali mutaxassislari hamda Asaka tumani ekologiya bo‘limi inspektorlari ishtirokida “RECO BREND SEMENT” MChJda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda sanoat korxonalarining amaldagi ekologik talab va me’yorlarga rioya etishini nazorat qilish maqsadida monitoring o‘tkazildi.

Unda sement ishlab chiqarish jarayoniga oid ilgari berilgan xulosa va tavsiyalarda belgilangan talablarning bajarilish holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish maqsadida chang-gaz tozalash uskunalaridagi filtrlar yangilangani ma’lum bo’ldi. Mazkur texnik chora ishlab chiqarishning ekologik xavfsizligini oshirish hamda atrof-muhitga ta’sirni kamaytiradi.
Shuningdek, korxonada ishlab chiqarishni ekologik talablar asosida tashkil etish, chiqindilar bilan muomala qilish tartibi hamda texnologik jarayonlarning amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.


