Issiqxona plyonkasi ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha eshituv
2026-02-13 18:00:00 / Yangiliklar

Unda hududga tutash tashkilotlar vakillari, “Ayritom” mahallasi mas’ullari hamda faollar ishtirok etdi. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan ishlab chiqarish jarayonlari, qo‘llaniladigan texnologiyalar va ularning ekologik xavfsizlik talablari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mutaxassislar obyekt faoliyatining atrof-muhitga ehtimoliy ta’siri, ekologik xavflarni kamaytirish mexanizmlari hamda profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar taqdim etdi. Eshituv davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollarga aniq va asosli javoblar berildi.
Jamoatchilik fikr va takliflari loyiha hujjatlarini yanada takomillashtirish jarayonida inobatga olinishi qayd etildi. Tadbir ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratildi.


