2025 yildagi faoliyat tanqidiy ko‘rib chiqildi
2026-02-04 15:00:00 / Yangiliklar
Davlat ekologik ekspertizasi markazida 2025 yil yakunlari va joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Davlat ekologik ekspertizasi markazi markaziy apparati hamda 14 ta hududiy filiallar rahbar va o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Tanqidiy-tahliliy o‘tgan yig‘ilishda Davlat ekologik ekspertizasi markazining hududiy filiallarining 2025 yildagi faoliyati ko‘rib chiqilib, faoliyatni takomillashtirish yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi, o‘tgan yil davomida yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar muhokama qilindi.
Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar tanqid qilindi, yil yakunigacha qat’iy ish rejimida ishlash yuzasidan barcha darajadagi xodimlarning mas’ulligi belgilandi.






