Davlat ekologik ekspertizasi markazi va sohadagi islohotlar muhokama markazida
2026-01-27 14:30:00 / Yangiliklar

“Yoshlar” telekanalining “Rostini ayting” tok-shousida atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rsatuv bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz bo‘lim boshlig‘i Barakabek Nurulloyev ishtirok etib, davlat ekologik ekspertizasining samaradorligi va sohada olib borilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumot berdi.
